Get Mystery Box with random crypto!

Barchasi Allohdan. Bundan bir necha oylar oldin bir joy men u | Sardor Yigitaliyev

Barchasi Allohdan.

Bundan bir necha oylar oldin bir joy men uchun orzu edi, rosa harakat qildim o'sha joy uchun. O'xshamadi, lekin Alloh undanda ziyodarog'ini men uchun asrab qo'yganini tushunib yetgunimcha bir muddat vaqt o'tdi hatto o'zimga bo'lgan ishonch biroz tushgandek tuyuldi, aniq shunaqa bo'ldi desam ham bo'ladi menimcha. Endi hammasi tugadi, ENDI TAMOM deb turgan paytim birdaniga o'sha Alloh menga nasib qildirgan kunlar keldi. Alhamdulilloh. O'sha qiynalgan paytlarimda juda ko'pchilik yaqin deb o'ylagan insonlarimdan pand yedim. Hozir yahshilab o'ylab qarasam Alloh ularni meni hayotimdan chiqarib tashlagan ekan, hozirgi kunlarimda unday odamlar bilan bo'lishni xohlamagan bo'lardim, bu ishlar uchun ham shukurlar bo'lsin. Alhamdulilloh. Alloh barchasiga qodir. Barchasi Allohdan.

@yigitaliyevsardor