Get Mystery Box with random crypto!

“BOOST Camp” yozgi biznes oromgohi loyihasi “Central Asia V”da | Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi

“BOOST Camp” yozgi biznes oromgohi loyihasi “Central Asia V”dasturiga ko’ra faoliyat yuritayotgan BOOST loyihasi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar Kelajagimiz Jamg’armasi hamkorligida 2022-yilning 21-26-avgusti orasida Farg’ona tumani Chimyon qishlog’ida joylashgan “Tong” bolalar oromgohida bo’lib o’tdi. Biznes oromgohda Farg’ona, Andijon va Namangandan bo’lgan, biznes oromgohda qatnashish istagini bildirgan 800dan ortiq 18-30 yoshlar oralig’ida bo’lgan yoshlarning 53 nafari Viloyat Soliq boshqarmasi, Yoshlar ishlari Agentligi, Yoshlar kelajagimiz Jamg’armasi, Milliy Bank kredit bo’limi mutaxasislari tomonidan tanlab olindi.
Besh kun davomida qatnashchilar biznes reja ishlab chiqish bosqichlarini o’rganishdan boshlab, qanday mablag’ jalb qilish va jamoani qanday boshqarish masalalariga qadar malakali biznes murabbiylardan dars olishdi. Biznes trening dasturi Belgiya Savdo Sanoat Palatasi tomonidan ishlab chiqilgan modullar bo’yicha qayta ishlab chiqildi va 5 nafar O’zbekistonlik, 2 nafar Qirg’izistonlik malakali murabbiylar tomonidan besh kun davomida yoshlarga tushuntirildi.

“BOOSTCamp” yozgi biznes oromgohi loyihasida ishtirok etgan qatnashchilarning harajatlari BOOST loyihasi tomonidan to’liq qoplandi.