Get Mystery Box with random crypto!

#Kadastr #Butun_jahon_yer_kuni 22-APREL BUTUN JAHON YER KUNI | Kadastr - Live

#Kadastr #Butun_jahon_yer_kuni

22-APREL BUTUN JAHON YER KUNI

Bugun poytaxtimizning Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universitetida 22-aprel – Butun jahon yer kuniga bag‘ishlangan “O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning innovatsion yondashuvlari: istiqbol va vazifalar” mavzusida ilmiy-amaliy tadbir bo'lib o'tdi.

Erta tongdan boshlangan tadbirdan ko‘rgazma, ilmiy seminar va ko'ngilochar konsert dasturi o‘rin oldi. Kadastr agentligi tomonidan kun davomida talaba yoshlarga qiziqarli va kerakli ma'lumotlar, bellashuvlar shuningdek katta imkoniyatlar taqdim qilindi.

Tadbirning birinchi qismida Kadastr sohasiga oid katta ko'rgazma, aqliy va sport bellashuvi, o'quv-seminari, kitob yarmarkasi hamda tizimdagi bo'sh ish o'rinlar haqida suhbatlar o'tkazilgan bo'lsa, tadbirning ikkinchi qismida o'zbek shou-biznesining eng yorqin yulduzlari ishtirokida konsert dasturi va talaba yoshlar ishtirokida interaktiv savol-javoblar o'tkazildi.

G'olib bo'lgan ishtirokchilarga esa Kadastr agentligining maxsus sovg'asi ya'ni Kadastr tizimiga imtiyozli ishga qabul qilish imkoniyatini beruvchi VAUCHERLARNI Kadastr agentligi direktor o'rinbosari, "Geoinnovatsiya" DUK direktori Abdullayev Abdushukur Hamidovich hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti rektori Mirzayev Bahodir Suyunovich tantanali topshirdilar.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt