Get Mystery Box with random crypto!

#sayyor_qabul #2021 #kadastr DIQQAT EʼLON! Hurmatli Toshkent | Kadastr - Live

#sayyor_qabul #2021 #kadastr

DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Toshkent shahri fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumanida sayyor qabul o‘tkaziladi.

Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 24-dekabr kuni soat 11:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Allaberganov Atabek Validjanovich boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk ipak yo'li ko'chasi, 248-uy. Mirzo-Ulug'bek madaniyat markazi

Sayyor qabulga kelish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizdan karantin qoidalariga rioya qilgan holda tashrif buyurishlarini so‘rab qolamiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt