Get Mystery Box with random crypto!

Ta'til kunlari uzaytirilganligi munosabati bilan onlayn olimpi | Uchquduq tuman 7-MFChO‘IDUM rasmiy kanali

Ta'til kunlari uzaytirilganligi munosabati bilan onlayn olimpiadalar davom etadi.

Ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli maktab o‘quvchilarining qishki ta’til kunlari uzaytirilganligi munosabati bilan ta'til kunlaridan unumli foydalanishlari va o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishlari uchun onlayn olimpiadalar davom etadi.

Ro‘yxatdan o‘tmagan ishtirokchilar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin!
https://oo.uzedu.uz/Account/SignIn

Onlayn olimpiadalar 2023-yil 15-yanvar soat 24:00 ga qadar davom etadi.

Ishtirokchilar o‘z natijalari hamda sertifikatlarini 17-yanvar kuni tizimdan ko‘rib yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

Olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep