Get Mystery Box with random crypto!

Bugun fan tan olmagan olimlardan biri Nikola Teslaning tug'ilg | Yetim dasturchi kundaligi

Bugun fan tan olmagan olimlardan biri Nikola Teslaning tug'ilgan

Nikola Tesla biz uchun juda ko'plab ixtirolarni amalga oshirib ketgan inson.

1. Neon lampa - xalq tili bilan aytganda akfa chiroq
2. Induksion dvigatel (tesla tuxumi ham deyishadi) - o'zgaruvchan tok bilan harakatga kela oladigan asinxron dvigatellar. Xalq tilida uch fazali motor
3. Masofadan boshqarish mexanizmi - dronlar, sun'iy yo'ldoshlar, turli harbiy aslahalar kabilardagi masofadan boshqarish modulini Tesla amaki birinchilardan bo'lib boshlab bergan
4. Soyali grafik (rentgen) - Meditsinada suyaklarning rasmini oluvchi qurilmani Viliam Rentgen ixtiro qilgan lekin bizgacha yetib kelgan texnologiya Teslaga tegishli.
5. Elektr tokini simsiz uzatish yoki magnitli rezonator
6. Eng asosiysi o'zgaruvchan tok. Bugungi kunda butun insoniyat uyida aynan shu ixtiro sabab elektr toki mavjud.

Nikola Tesla dunyoga mashhur yana bir ixtirochi Tomas Edisonning shogirdi bo'lgan. Albatta Edison kabi ixtirolari soni mingdan ortiq emas lekin hayratlanarlilari ko'p albatta.

Umuman olganda birad o'ta aqlli odamlardan bo'lgan. Ya'ni uylanmagan)

@yetimdasturchi