Get Mystery Box with random crypto!

Endigina kompyuter qarshisiga o'tirishni boshlagan lamerlar ma | Yetim dasturchi kundaligi

Endigina kompyuter qarshisiga o'tirishni boshlagan lamerlar magazinga yugurib borib himoyalovchi ko'zoynak sotib olishsa bir kulgim keladi.

Xuddiki dasturchi ish tajribasida ottiriladigan boshqa muammolar yo'qdek go'yo.

Keling men sizga ish tajribasi davomida ko'zdan ham muhimroq va doimiy asabga tegadigan muammolar haqida aytib bersam.

1. Skalioz yoki asteoxondroz - sodda tilda aytganda umurtqa qiyshayishi.

Asosiy darddan boshlaganim uchun Ketmonov qarsaklari shart emas)

Dasturchi umuman olgansa ofis planktonlari yuqtiradigan eng mashhur kasalliklardan biri bu.

Odatda boshlang'ich darajalarda umurtqa orasiga nervlar siqilib qolishdan boshlanadi hammasi. Keyinchalik esa kurak qiyshayishi bilan davom etadi.

Kasallikning boshlang'ich holatini bel va bo'yin og'rig'idan payqash mumkin. Bu juda asabga tegadigan holat. Ba'zan bir qator ham kod yozishga qo'ymaydi.

Davosi: Ish tashlash yoki biror bir sport bilan shug'ullanish. Bilaman hech kimda sportga toqat ham va vaqt ham yo'q.

2. Uyqu paralachi - uxlaganda kimdir kelibbo'g'ishi yoki alahsirash kabi holatlar. Odatda haddan tashqari tanaga nisbatan ong charchashidan kelib chiqadi.

Davosi: Fiziologik harakat.

3. Yurak taxikardiyasi - ish vaqtida mukkasidan energetik, tamaki mahsulotlariga berilish oqibatida qon quyulishidan kelib chiqadi asosan. (Mediklar yana ham bilguvchiroq)

Dasturchilar ko'pincha alkogol mahsukotlaridan ham uzoq emas. Bundan tashqari kam uyqu va doimiy charchoq.

Bularning ba'ri qo'shilib yurakning qon aylanish tizimiga o'z ta'sirini ko'rsatadi va yurak birdan behalovat bo'lib tez urib ketishi boshlanadi.

4. Revmatizm - ko'p o'tirish, energetik, tamaki, kam uyqu ortidan bu ham qon tomirlar qisqarishi oqibatida ko'plab dasturchilarda kuzatiladi.

5. Asperger - eng vaxshiylaridan biri. Dasturlash bu fikrlashga bo'lgan birinchi qadam hisoblanadi. Shu bilan birgalikda bu soha doimiy muammolarga yechimlar izlagani sabab miyya faoliyatini to'liq kuchlanishda saqlaydi. Bir tomondan esa miyya rivojlanadi ham.

Aynan o'sha rivojlanish davriyligida tana va ong osti o'rtasida muvozanat buziladi. Ya'ni miyya tana ba'zan juda sekin his qiladi.

Boshqa bir holatlarda esa introvertlik, muloqotdan qochish, borgan sari odam bolasini yoqtirmaslik ham aspergerning bir belgilaridan hisoblanadi.

Asperger yuqoridagilarga nisbatan ancha vaxshiyroq. Chunki bu autizm oilasiga kiruvchi kasallik hisoblanadi.

Albatta bu narsalardan yon atrofddagilarni hammasi ham xabardor emas. Do'konga ko'z oynak olishga borishdan avval shular haqida ko'proq o'ylash kerak.

Sohani tushungan mijozlar ba'zida loyiha kechiksa yoki ishchalik tushib ketsa bu holatlar haqida yaxshi bilishadi. Bilmaganlari esa yuqoridagilarga qo'shib asabingizni yeydi.

Yaxshisi dasturchi bo'lishdan avval yaxshilab o'ylang.

P.S: O'zim birortasiga amal qilmayman. Ko'plab men kabi dasturchilar ham.

@yetimdasturchi