Get Mystery Box with random crypto!

Ish yuritishda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘ | Yetakchi uchun ko'mak!

Ish yuritishda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tiladi

Hukumat qarori bilan Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash bo‘yicha «yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (regulation.gov.uz) joylashtirish uchun taqdim qilingan loyihalarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida tayyorlanganligi tekshirilgandan keyin muhokamaga chiqariladi; rasmiy veb-saytlar lotin yozuviga to‘liq o‘tkazilishi ta’minlanadi.

Shuningdek, shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalar, ID-kartalar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hamda chet davlat fuqarolarining yashash guvohnomalari; ish qog‘ozlari, turli blanklar; joy, ko‘cha, atamalar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy targ‘ibot vositalari, reklama va e’lonlar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishi ta’minlanadi.

Bundan tashqari, markaziy, mahalliy bosma va elektron OAV, internet saytlari, nashriyotlar, matbaa korxonalari faoliyati to‘liq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tkaziladi.

2023-yil 1-yanvardan boshlab barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish amaliyoti to‘liq joriy qilinadi.