Get Mystery Box with random crypto!

Xushxabar: Prezidentimiz maktablardagi Yoshlar yetakchilari st | Yetakchi uchun ko'mak!

Xushxabar: Prezidentimiz maktablardagi Yoshlar yetakchilari stavkasini kamaytirmaslik bo‘yicha topshiriq berdilar!

Maktablardagi ko‘pchilik Yoshlar yetakchilarimizdan joylarda 0,25 stavkasi qisqarishi mumkin ekan degan xavotirda murojaatlar tushayotgan edi.

Prezidentimiz tomonidan o‘tgan haftada Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda yangi kiritilayotgan Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi lavozimlariga Yoshlar yetakchilaridan 0,25 stavka qisqartirish hisobiga emas, balki qo‘shimcha mablag‘ ajratish bo‘yicha aniq topshiriq bo‘ldi.

Shuning uchun xavotirga o‘rin yo‘q! Yoshlar yetakchilari endi e’tiborlarini bunday xavotirlarga emas, balki joylarda o‘z faoliyati samaradorligini oshirishga qaratishlari zarur!

Batafsil: https://bit.ly/2LTkBs1