Get Mystery Box with random crypto!

Olmaliqdagi oltin koni zaxiralari 5000 tonnadan koʻproq — prez | Vizitka

Olmaliqdagi oltin koni zaxiralari 5000 tonnadan koʻproq — prezident

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 dekabr kuni Toshkent viloyatidagi Olmaliq shahriga tashrif buyurib, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining «Yoshlik-1» konini oʻzlashtirish boʻyicha 5,12 mlrd dollarlik loyihasining amalga oshirilishini koʻzdan kechirdi.

«Islohotlarni boshlaganimizda, Oʻzbekistonning yer osti boyliklariga eʼtibor qilganimizda, oxirgi 25 yilda geologiyaga eʼtibor berilmagani uchun biz shunchalik yer osti boyliklarimiz borligini bilmagan edik. Sizlar bilmaysizlar qanchalar boy odam ekanligingizni, qanday yer osti boyliklari ustida yashayotganingizni», — dedi davlat rahbari tabassum qilgancha.

«Tekshiruvlarni boshlaganimizda 16 mln [tonna] zaxira borligini aniqlagan edik. Navoiy KMKda [oltin] zaxira 3 ming tonnaga yetmasa, bu erda 5 ming tonnadan koʻproq», — dedi u.

Batafsil: https://www.gazeta.uz/oz/2021/12/22/yoshlik-1/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo`ling
@Yaypanliklar24