Get Mystery Box with random crypto!

Maktablarda yangi yilni nishonlash bilan bogʻliq hech qanday c | Vizitka

Maktablarda yangi yilni nishonlash bilan bogʻliq hech qanday cheklovlar mavjud emas — XTV

Xalq taʼlim vazirligi 20-dekabrdagi umumtaʼlim maktablarida yangi yil bayramini nishonlash toʻgʻrisidagi xabarnomaga qoʻshimcha izoh berdi.

XTVning qoʻshimcha izohida maktablarga yangi yil bayramini rejalashtirish va oʻtkazish bilan bogʻliq xat notoʻgʻri talqin qilingani aytilmoqda.

«Umumtaʼlim maktablari hududida yangi yil bayramini nishonlash bilan bogʻliq hech qanday cheklovlar mavjud emasligini bildiramiz. Shu bilan birga maktablarda pul yigʻimlari hamda ota-onalarning eʼtirozlarini oldini olish maqsadida restoran, kafe va boshqa umumiy ovqatlanish shahobchalarida maktab oʻquvchilariga yangi yil bayramini oʻtkazish tavsiya etilmaydi», — deyiladi vazirlik bayonotida.

Batafsil: https://www.gazeta.uz/oz/2021/12/20/new-year-/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo`ling
@Yaypanliklar24