Get Mystery Box with random crypto!

Kontrakt toʻlovlarini toʻlash muddati 31-dekabrga qadar uzayti | Vizitka

Kontrakt toʻlovlarini toʻlash muddati 31-dekabrga qadar uzaytirildi

Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2021-yil 15-dekabrdagi 10-sonli qarori qabul qilindi.

Unga koʻra, 2021−2022 oʻquv yilida OTMlar bakalavriati va magistraturasiga toʻlov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan va qayta tiklangan talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2021-yilning 31-dekabri etib belgilandi.

Shuningdek, koronavirusga qarshi 2021-yilning 15-noyabriga qadar toʻliq emlangan, lekin emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatni belgilangan muddatdan kechikib OTMga taqdim etgan talabalarga bir martalik 10 foizli chegirmani qoʻllashga ruxsat berildi.

Kanalga obuna bo`ling
@Yaypanliklar24