Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent shahrida bir qator IIO xodimlari ishdan olindi Toshk | Vizitka

Toshkent shahrida bir qator IIO xodimlari ishdan olindi

Toshkent shahar IIBB boshligʻi Aziz Tashpulatov 11 oylik ish natijalari boʻyicha yigʻilishda qator IIO xodimlarini ishdan boʻshatdi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yigʻilishdagi tahlillar oʻtgan 11 oy ichida shaharda 5 644 ta jinoyatlar aniqlanib, 822 nafar qidiruvdagi jinoyatchilar ushlanganini koʻrsatmoqda.

Shuningdek, yigʻilish davomida Toshkent shahrida huquqbuzarliklarning oldini olishda kamchiliklarga yoʻl qoʻygani uchun Chilonzor tumani IIO FMB boshligʻining birinchi oʻrinbosari va huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha oʻrinbosari ishdan olindi.

Yangihayot va Shayxontohur tumanlari IIO FMB boshliqlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha oʻrinbosarlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Sergeli tumani IIO FMB boshligʻi, uning birinchi oʻrinbosari, huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha hamda jamoat tartibini saqlash boʻyicha oʻrinbosarlari intizomiy jazoga tortildi.

Kanalga obuna bo`ling
@Yaypanliklar24