Get Mystery Box with random crypto!

Asaka tumani hokimining aholi bilan nomaqbul tarzda suhbatlash | Vizitka

Asaka tumani hokimining aholi bilan nomaqbul tarzda suhbatlashgani yuzasidan izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Asaka tumani hokimi aholi bilan nomaqbul tarzda suhbatlashgani aks etgan video tarqaldi. Tuman hokimligi ushbu holat yuzasidan izoh berdi.

Maʼlum boʻlishicha, ushbu videolar «Qadriyat» mahallasida joylashgan koʻp qavatli uylarda kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazish maqsadida koʻp qavatli uylarda aholi bilan uchrashuv jarayonidan olingan.

Jarayon onlayn tarzda tuman hokimligining rasmiy Telegram kanalida berib borilgan va muhokamalarga sabab boʻlgan video eʼtiborsizlik tufayli joylangan. Boʻlib oʻtgan holat yuzasidan masʼul xodimlarga nisbatan tushuntirish ishlari olib borilgan va belgilangan tartibda chora koʻrilgan, deyiladi hokimlik xabarida.

Batafsil: https://www.gazeta.uz/oz/2021/12/12/asaka/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo`ling
@Yaypanliklar24