Get Mystery Box with random crypto!

Budjet mablag‘larining sarflanishi nazoratida faol ishtirok et | Vizitka

Budjet mablag‘larining sarflanishi nazoratida faol ishtirok eting

So‘nggi yillarda yurtimiz fuqarolari turli sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida faol ishtirok etmoqda. Xususan, ular o‘zlarini qiziqtirgan soha va tashkilotlar faoliyati, moliyaviy, xo‘jalik va boshqa yo‘nalishlariga ham befarq emasligi namoyon bo'lmoqda.

Bu borada www.davlatauditi.uz sayti orqali amalga oshirilayotgan fuqarolar ishtirokidagi audit jarayonlari yurtdoshlarimiz orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

2022-yilning 1-10-oktabr kunlari fuqarolar ishtirokidagi audit tizimida nazorat obyektlarini tanlash jarayoni o‘tkazilmoqda.

Ushbu videorolik orqali o‘zingizni qiziqtirayotgan nazorat obyektlari faoliyatiga oid zarur ma’lumotlarni olish tartibi batafsil bayon etilgan.

Hurmatli yurtdoshlar!

www.davlatauditi.uz sayti orqali mamlakatimizdagi davlat tashkilotlari va muassasalari faoliyatini nazorat qilish va bu orqali budjet mablag‘larini yanada samarali sarflanishiga o‘z hissangizni qo‘shing!