Get Mystery Box with random crypto!

Megajin so‘zining ma‘nosini izlab qiziq ma‘lumotga duch keldim | YAXSHILAR.UZ

Megajin so‘zining ma‘nosini izlab qiziq ma‘lumotga duch keldim .

1. Tuyaning bolasi "boʻtaloq". Arablarda tuya 500 dan ortiq nom (maʼnodosh) bilan ataladi. "Gʻalati" degan soʻz tuyadan olingan. Aniqrogʻi, tuyaning aʼzosidan olingan.

2. Kiyik va ohuning bolasi "quralay".

3. Otning bolasi "qulun". Yana yoshiga qarab "toychoq", "gʻoʻnon", "doʻnon", "pishti" deb atalishi mumkin. Otning erkagi — "aygʻir", urgʻochisi — "baytal", tuqqani va boʻgʻozi — "biya" deyiladi. Eng qarisi "qirchangʻi" deyiladi.

4. Sigirning bolasi "buzoq". Yana bir yoshga toʻlgandan keyin — "tana", urgʻochisi — "gʻunajin". Erkagi — "buqa", axta qilingani — "novvos" yoki "hoʻkiz".

5. Echkining bolasi "uloq". Echkining erkagi — "taka". Bichilgani "serka".

6. Qoʻyning bolasi "qoʻzichoq". Erkagi — "qoʻchqor", urgʻochisi — "sovliq".

7. Itning bolasi "kuchuk". Itning urgʻochisi — "qanjiq" deyiladi.

8. Eshakning bolasi "kudung" va "xoʻtik". Balogʻatga yetgan erkagi — "hangi" deyiladi. Ot va eshakdan chatishtirilgani "xachir" deyiladi. Lekin xachir nasl qoldirmaydi. Eshakning boʻynida qora chiziqli qitigʻi bor — "xala" deb nomlanadi. Oʻsha xalaga teginib eshakni tezlatish uchun ishlatiladigan choʻpni "xalachoʻp" deyiladi.

9. Mushukning bolasi "xumpar", balogʻatga yetganlari "mov" deyiladi.

10. Tovuqning bolasi "joʻja". Erkagi — "xoʻroz", urgʻochisi — "makiyon". Bir yoshga yetgandan keyin tullaydi (yaʼni pat tashlaydi), shuning uchun "tullak" deyiladi. Panjalari tepasida ortiqcha panja — pix boʻladi. Agar qichqirsa (xoʻrozga nisbatan) va pixi yorma boʻlgan boʻlsa, yaʼni "pixini yorgan" xoʻroz balogʻatga yetgan hisoblanadi.

11. Qushning bolasi "polapon".

12. Baliqning tuxumi va pardadagi bolasi "uvildiriq".

13. Qurbaqaning bolasi "itbaliq".

14. Choʻchqaning bolasi "jish". Yovvoyisi — "toʻngʻiz". Choʻchqaning nari, yaʼni erkagi — "qobon", urgʻochisi — "megajin".

Tolib o'g'li

@YAXSHILAR_UZB