Get Mystery Box with random crypto!

HANAFIY MAZHABI BO‘YICHA AYOL KISHI YUZINI YOPISHINING HUKMI. | Yasrib TV

HANAFIY MAZHABI BO‘YICHA AYOL KISHI YUZINI YOPISHINING HUKMI.

Hanafiy olimlaridan naql qilinadi:

“Ayol kishi agar begona erkaklar oldida bo‘lib qolsa, garchi ehromda bo‘lsa ham yuzini yopishligi vojibdir!”
( Hoshiyah Ibn Abid Diyn, 2/528)

Imom Tahoviy al-Hanafiy rohimahulloh aytadilar:

“Yosh ayol begona erkaklar oldida yuzini ochishidan qaytariladi, va man qilinadi!”
( Raddul muxtor, 1/272).

Ibn Abid Diyn rohimahulloh aytadilar:

“Ya’ni, erkaklar uning yuzini ko‘rib qolishlari, natijada fitnaga tushib qolish havfi borligi uchun man qilinadi. Chunki yuzni ochish bilan, unga shahvat bilan qarash sodir bo‘lishi mumkin”.

( Hoshiyah Ibn Abid Diyn, 2/488).

@YASRIBTV