Get Mystery Box with random crypto!

Janubiy Koreyaning yangi saylangan prezidenti Yaponiyaga deleg | Yaponiya Sadosi | LIVE

Janubiy Koreyaning yangi saylangan prezidenti Yaponiyaga delegatsiya jo`natadi



Jaubiy Koreyaning yangi saylangan prezidenti Yun Seok ning tashqi siyosatini tushuntirish va muhokama qilish uchun 24-28-aprel kunlari Yaponiyaga “siyosat boʻyicha maslahat delegatsiyasi” joʻnatishini Janubiy Koreya prezidenti matbuot kotibi 17-aprel kun kuni maʼlum qildi.


Janob Yun shu oy boshida Qo'shma Shtatlardan keyin ikkinchi mamlakatga delegatsiya jonatadi.Bu delgatsiya Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi, siyosiy partiyalar va tadbirkorlar kabi manfaatdor tomonlar bilan fikr almashishni rejalashtirmoqda. "Prezident inauguratsiyasidan keyin Koreya-AQSh-Yaponiya hamkorligiga oid siyosiy muzokaralar uchun." hamda"Biz Shimoliy Koreya siyosatida hamkorlik uchun poydevor qo'yish va Koreya - Yaponiya o'rtasidagi xavotirlarni hal qilish yolidagi samarali muzokaralarni kutmoqdamiz", deydidi prezident matbuot kotibi.

Janob Yun Yaponiya bilan munosabatlarni yaxshilash istagini bildirdi va delegatsiya orqali bu niyatini yana bir bor ta’kidlashi kutilmoqda. 10-may kuni boʻlib oʻtadigan prezidentlik inauguratsiyasi marosimida Yaponiya hukumatidan mehmon taklif etilishi mumkin.