Get Mystery Box with random crypto!

Ishga boʻlgan masʼuliyat Yaqinda bir yapon hamkasbimning, bos | 🇯🇵 YAPON TILI va YAPONIYAGA OID🇺🇿 | RASMIY KANAL ✅

Ishga boʻlgan masʼuliyat

Yaqinda bir yapon hamkasbimning, boshqa bir yapon bilan oʻz ishi haqida gaplashayotgani qulogʼimga chalindi.

"Oʻylab qoldim, olayotgan ish haqimga mos mehnat qilayapmanmi, yoki yoʻq. Nazarimda, oylik maoshiga nisbatan arzirli ish qilmayapman" deya oʻzini tanqid qildi.

Lekin, men uning qanday mehnat qilayotganini juda yaxshi bilaman. Har bir ishni astoydil va maʼsuliyat bilan bajaradi. Mening fikrimcha kompaniya unga qoʻshimcha haq berishi kerak .

Barcha yaponlar shunday maʼsuliyat bilan ish qiladi demoqchi emasman. Lekin, aksariyat yaponda bunday qarash bor.

Biz esa aksariyat hollarda kompaniyamizning ishimizga nisbatan kam haq toʻlayotganidan noliymiz. Ammo, oyligimizga nisbatan mos mehnat qilayapmizmi buni tahlil qilib koʻrishni unutamiz.

Xulosa shuki, agar biz oʻz vazifamizni astoydil va maʼsuliyat bilan bajarsak, ham oʻz kasbimizning ustasiga aylanamiz, ham boshqalarning ishonchini qozonamiz.

@kaizen_jp_uz