Get Mystery Box with random crypto!

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga uy-joylari topshirildi | Yangiyo‘l shahar hokimligi Axborot xizmati

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga uy-joylari topshirildi

Mamlakatimizda Mehribonlik uylarida tarbiyalangan va mustaqil hayotga qadam qo‘ygan chin yetimlar ham davlat tomonidan uy-joy bilan ta’minlanib, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun shart-sharoit yaratilmoqda.

Xususan, bugun Yangiyo‘l shahar "Yangibog‘" mahallasi hududida yangidan barpo etilgan ko‘p qavatli uylarning 8 ta xonadoni Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga yangi xonadonlar jihozlangan holda tantanali topshirildi.

Yangi uylarni o‘z egalariga topshirish marosimida shahar hokimi F.Mirzayev, shahar sektor raxbarlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Yangi uylarni kalitlarini o‘z egalariga topshirish marosimida shahar hokimi so‘zga chiqib, yoshlarni tabriklab, ular doimo davlatimizning e’tiborida ekanligini ta’kidladi.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, har bir uylarga zamonaviy eshik-romlar, televizor, muzlatgich, gaz plita, oshxona va yotoqxonalari to‘liq jihozlangan.

Shuningdek, tadbir yakunida shahar hokimligi hamda “Mahalla” hayriya jamoat fondi shahar bo‘linmasi tomonidan, mazkur mahallada yashovchi aholiga, ro‘zadorlarga hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj oila a'zolariga iftorlik dasturxoni yozildi.

Iftorlikda ishtirok etganlar yurtimizga tinchlik, oilalarimizga totuvlik, ro‘zg‘orimizga baraka, dehqonlarimizga mo‘l hosil tilab, duo qilishdi.

Каналга уланиш: http://t.me/yangiyulshahar

Telegram | Youtube| Facebook | Web-site | Instagram | Twitter