Get Mystery Box with random crypto!

#Yangiyoʻl_shahar 'BIZNES MARAFON' Yangiyo‘l shahrida Yos | YANGIYO'LLIKLAR.uz

#Yangiyoʻl_shahar

"BIZNES MARAFON" Yangiyo‘l shahrida

Yosh tadbirkorlarga soha sirlaridan bilim berishga qaratilgan "BIZNES MARAFON" loyihasining navbatdagi soni Yangiyo‘l shahrida bo‘lib o‘tdi.

 Shuni ta'kidlash joizki, Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan eng ilg‘or tadbirkorlar ishtirokidagi ushbu marafon o‘zaro tajriba almashish, biznes va tadbirkorlik faoliyatiga zamonaviy texnologiyalar, innovatsion ishlanmalarni jalb etish, jahon bozoriga chiqish uchun yo‘llanma vazifasini o‘taydi.

Jumladan, mahoratli tadbirkorlar ishtirokidagi “BIZNES MARAFON” loyihasining maqsadi: o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan yoshlarga biznesga oid maslahatlar berish, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini ta’minlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.

Yoshlarga haqiqiy "Motivatsiya" ni his qilish imkonini berdi.