Get Mystery Box with random crypto!

YANGIQO‘RG‘ONDA VOLONTYORLAR HAFTALIGI BOSHLANMOQDA! O'zbekis | Yangiqo'rg'onliklar Bugun

YANGIQO‘RG‘ONDA VOLONTYORLAR HAFTALIGI BOSHLANMOQDA!

O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan Joriy yilning 30-noyabrdan 5-dekabrga qadar "5-dekabr xalqaro volontyorlar kuni" munosabati bilan "Volontyorlar haftaligi" o'tkaziladi.

Haftalik doirasida tumanimizda bir guruh nuroniylar, nogironligi bo'lgan yoshlar holidan xabar olinadi, bir qator ko'chalar va madaniy meros obyektlarida obodonlashtirish ishlari olib boriladi.

Bizning safimizga qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz Yoshlar ishlari agentligi Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limining volontyorlik bo‘yicha mas'ul hodimi @Jasurbek_09_09_1991 ga murojaat qiling yoki https://t.me/yangikurgon_volunteer guruhiga a'zo bo'ling!