Get Mystery Box with random crypto!

#Foydali_talim_resurslar #qishki_tatil Uzaytirilgan qishk | Yangiqoʻrgʻon tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi rasmiy sahifasi



#Foydali_talim_resurslar #qishki_tatil

Uzaytirilgan qishki ta'tilni maroqli va foydali o'tkazish bo'yicha tavsiyalar

1. Kitob.uz mobil ilovasini yuklab oling va 3 mingdan ziyod elektron kitoblarni o'qing hamda 1000 dan ortiq audio kitoblarni bepul tinglang.

2. Kitob o'qishdan zeriksangiz Smart Land mobil ilovasini yuklab oling va o'yin ko'rinishidagi 1000ga yaqin interaktiv mashqlarni yeching va bilimingiz charxlang, kreativligingizni oshiring.

3. Farzandingiz dunyoqarashini oshirish uchun 100dan ortiq Edukids ilmiy-ommabop animatsion videoroliklarni ko'ring.

4. Agar darslarni sog'ingan bo'lsangiz ️Maktab.uz platformasiga kiring va 10 mingdan ziyod onlayn darslarni tomosha qiling.

5. Yuqori sinf o'quvchisi bo'lsangiz, YouTube'dagi Milliy ta'lim resurslari kanaliga obuna bo'ling va 30 dan ortiq kelajak kasblarini o'rganing, Sizni 700 dan ortiq o'zbek tilidagi bepul videodarslar kutmoqda.