Get Mystery Box with random crypto!

DIQQAT TANLOV!!! Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agent | Yangiqo‘rg‘on Ixt. M. , Matematika to'garaklar. Qabul 2023. Online olimpiadalar

DIQQAT TANLOV!!!
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 69 yilligi munosabati bilan tanlov e'lon qiladi.

Tanlov uch yo‘nalishda tashkil etiladi:

1-yonalish: “Vatanni Najmiddin Kubrodek seving” mavzusida quyidagi yo‘nalishlarda tanlov otkaziladi:
nazm yonalishi boyicha (shoir she’rlariga nazira boglash)
2-yonalish:
nasr yonalishi boyicha (Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bagishlov ruhidagi nasriy asarlar yaratishWord,Times New Roman,12 shrift shaklida );
3-yonalish:
badiiy publisistika yonalishi boyicha (shoir she’ridan tahliliy maqola Word,Times New Roman,12 shrift shaklida)

Tanlovda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning 7-11 sinf o`quvchilari ishtirok etadi.

Agentlik tizimidagi maktablarning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari tomonidan tanlovning har bir yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib ishtirokchilarning ijodiy ishlari va tanlov tashkilotchilariga taqdim etiladi.
Tanlov bilan bog‘liq jarayonlar ommaviy-axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib boriladi.

Tanlovning birinchi bosqichi barcha maktablarida 2023-yil 5-apreldan 20-aprelga qadar o‘tkaziladi va g‘oliblarning ishi hamda ular haqidagi ma’lumotlar tanlov tashkilotchilariga quyidagi telegram raqami orqali yuboriladi:

Tashkilotchilar manzili:
(+99891 169-98-20, +99893 -411-86-31 ga Telegram orqali )