Get Mystery Box with random crypto!

​​Samsung smartfonlar savdosi bo'yicha yetakchi! Omdia e'lon | Texnologiya Yangiliklari

​​Samsung smartfonlar savdosi bo'yicha yetakchi!

Omdia e'lon qilgan ma'lumotlarga ko'ra, 2022 yilning uchinchi choragida smartfonlar yetkazib berish hajmi ikkinchi chorakka qaraganda biroz oshdi. Ammo o'tgan yilning shu davriga taqqoslaganda yetkazib berish hajmi pastlagan.

64.1 million dona smartfon yetkazib bergan Samsung ikkinchi chorakka qaraganda 3% ko'proq smartfon sotgan. O'tgan yilning shu davriga nisbatan esa savdo 7.4% pastlagan. Bu borada ikkinchi natijani 52.2 million dona smartfon yetkazib bergan Apple egalladi. O'tgan yilning shu davriga qaraganda Apple'ning savdosi 2.6% ga oshgan. Shuningdek, Huawei ham o'tgan yilning uchinchi choragiga nisbatan bu yil ko'proq smartfon yetkazib bergan.

@TexnoIogiya_Uz - birinchi raqamli IT blog