Get Mystery Box with random crypto!

Talim yangiliklari 🎓☑️

Telegram kanalining logotibi yangiliklari_talim — Talim yangiliklari 🎓☑️ T
Kanaldagi mavzular:
Талабага
Telegram kanalining logotibi yangiliklari_talim — Talim yangiliklari 🎓☑️
Kanaldagi mavzular:
Талабага
Kanal manzili: @yangiliklari_talim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 29.47K
Kanalning ta’rifi

Oʻqituvchilar, talabalar va abituriyentlar uchun taʼlimga oid eng soʻngi yangiliklar barchasi @talim_yangiliklari kanalida!
“Ta’limga e’tibor – kelajakka poydevor”
Reklama
https://t.me/joinchat/AAAAAEsAKPmIpK5Gc7vXpQ

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 13

2021-08-30 18:50:31 ​​ ALBATTA O'QING, MAZZA QILIB KULASIZ!

Abituriyentning hozirgi kun tartibi:

1. Nonushtaga yo'q ishtaxa bilan 2 ta mandatli tuxum va mandatli choy...

2. Nonushtadan keyin uydagilar bilan mamdat haqida suhbat...

3. MandatNet va MandatGram da mandat haqida yolg'on ma'lumotlar tarqatayotgan ba'zi kanallarda mandat haqida postlarni ko'rib chiqish...

4. Tushlik uchun yemay ham qo'yaveramiz ...

5. Ovqat emas mandat bilan to'la qoringa bitta mandatli qisqa uyqu... (Mandatli tushlar bilan...)

6. Uyqudan uyg'onib yana nonushtadan keyingi mandatli faoliyatni qaytarish...

7. Kechki ovqatga mandatli nimadir yeb bo'lgach, Zohidning "Qaydasan mandat", Ummoning "Mandatginam", ... va shu kabi mandatli qo'shiqlar...

8. Mandat... mandat ... mandaaaaaatttttttt...

Bu ketishda tomim aniq mandat bo'lib qoladi...

Alpomish mandatni ushlab hey menga qara ifffffflllll......... deb quyidagi misralarni aytib turgan joyi ekan:

Butun xalqning og'zidasan, beting bormi?

Bo'gib tashlay desam seni eting bormi?

Vada berib chiqmadingku, bordir ginam,

Kampirlarni g'iybatida mandatginam...

Nima ham derdik, har kuningiz mandat bo'lsin deya ikki yoshga mandatli umr tilayman!

Xullas, rostan tomim ketdi shekilli...

Elyorbek Sulaymonov

Qolganlarga ham ulashing, bir qotib kulishsin. Bunaqasi shu bo'yi endi kelasi yil bo'ladi ahir

Batafsil maʼlumot
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A
10.4K views15:50
Ochish/sharhlash
2021-08-27 18:12:44 Hurmatli magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan talabgorlar!

Magistratura mutaxassisliklariga qabul magistr.edu.uz sayti orqali Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, talabgorlarning hujjatlari, jumladan, yo‘nalishlarning mos va turdosh ekanligi, diplom va uning ilovasi, diplom bo‘yicha o‘rtacha ball va chet tili bo‘yicha sertifikatlar kabi ma’lumotlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalari tomonidan tekshirilgan.

Shuningdek, mutaxassislik fanlari bo‘yicha imtihonlar oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkazilgan bo‘lib, mazkur imtihon natijalari hali Davlat test markaziga taqdim etilmagan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarorida 2021-yilda davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining faqat 2-bosqichi, ya’ni, chet tili fanidan test sinovlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilishi belgilangan.

Bunda chet tili fanidan test sinovlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida tashkil etiladi. Jumladan, kimlar 2-bosqich imtihonlarida ishtirok etishi, talabgor qaysi chet tili bo‘yicha test topshirishi va qaysi hududda test sinovida ishtirok etishi kabi ma’lumotlar vazirlik tomonidan Davlat test markaziga taqdim etiladi.

Davlat test markaziga taqdim etilgan ma’lumotlar asosida test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomalar shakllantirilgan bo‘lib, talabgorlarga magistr.dtm.uz sayti orqali ruxsatnomalarni yuklab olish imkoniyati yaratilgan.

Hozirda talabgorlar tomonidan diplomning o‘rtacha bali, mutaxassislik fanlari bo‘yicha imtihon natijalari, chet tili sertifikatini inobatga olish kabi turli masalalar bo‘yicha Davlat test markaziga ko‘plab murojaatlar bo‘lmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda talabgorlar bu kabi masalalar bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda oliy ta’lim muassasasiga murojaat qilishlari lozimligini ma’lum qilamiz hamda Davlat test markazi magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha faqatgina chet tili fanidan test sinovlarini o‘tkazishga mas’ul ekanligini eslatib o‘tamiz.

Batafsil
https://t.me/joinchat/V1AHHKmbD0ue-1HU
7.8K views15:12
Ochish/sharhlash
2021-08-26 16:20:31 Magistratura uchun chet tili bo‘yicha test sinovlari

2021-2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi, ya’ni, chet tili bo‘yicha test sinovlari 2021-yil 28-29-avgust kunlari 3 smenada o‘tkaziladi.

Test sinovlari:

-smenada 08:00 dan 09:00 ga qadar;
-smenada 17:30 dan 18:30 ga qadar;
-smenada 20:00 dan 21:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Bunda talabgorlarga ro‘yxatdan o‘tish vaqtida o‘zlari tanlagan chet tili fanidan 30 ta test topshirig‘i beriladi va 1 soat vaqt ajratiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-qaroriga muvofiq test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball 50 ballni tashkil etadi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining
magistr.dtm.uz saytidan olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin kelishlari so‘raladi.

Batafsil
https://t.me/joinchat/V1AHHKmbD0ue-1HU
10.5K views13:20
Ochish/sharhlash
2021-08-26 09:49:42
Talabalar akademik taʼtilni sirtqi kechki va onlayn taʼlim shakliga oʻzgartirishi mumkin !

Bunda:

~ Qaromog‘ida/xonadonida bemorga qarashi lozim bo‘lgan talabalar;

~ Sog‘ligi tufayli o‘qishga kelish imkoniyati bo‘lmagan talabalar;

~ Sog‘ligiga ko‘ra uyda qolishi kerak bo‘lgan xomilador ayol talabalar;

~ Chaqalog‘i bor yosh talaba onalar;

O‘tgan davrdagi akademik ta’tildan xozirgisining farqi talaba o‘qishdan chetlatilmaydi.

Buning uchun talaba tahsil olayotgan oliygoh rektori nomiga akademik ta’til olishga sabab bo‘lgan omilni ko‘rsatgan holda ariza yozadi va ma’lumotnoma (spravka) taqdim qiladi.

Shu kabilar yuzasidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi boʻlim boshligʻi Abdusamad Mamanazarov

Batafsil
https://t.me/joinchat/V1AHHKmbD0ue-1HU
9.1K views06:49
Ochish/sharhlash
2021-08-24 14:48:46 Oliy ta'lim muassasalarida 2021/2022-o'quv yili 6-sentabr dushanbadan boshlanadi.

O'zbekistonliklar Prezident Farmoniga binoan ketma-ket besh kun dam oladilar:

1-sentabr (chorshanba) - "Mustaqillik kuni", dam olish kuni;
2-sentabr (payshanba) - qo'shimcha dam olish kuni;
3-sentabr (juma) - qo'shimcha dam olish kuni;
4-sentabr (shanba) - hamma uchun dam olish kuni;
5-sentabr (yakshanba) - dam olish kuni.

Batafsil
https://t.me/joinchat/V1AHHKmbD0ue-1HU
8.5K views11:48
Ochish/sharhlash
2021-08-19 12:55:07908mln 827ming 500soʻm abituriyentlarga 15-kun ichida qaytarib beriladi

2021-yil 10-iyun kuni biologiya fanidan milliy sertifikat uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilinmasligi va test sinovida ishtirok etgan barcha 2 473 nafar talabgorlarning to‘lovi to‘liq qaytarilishi haqida xabar berilgan edi.

Maʼlumot uchun, milliy sertifikatga test topshirish narxi – BHMning 1,5 baravari(367 500 soʻm) edi.

2473 ta abituriyentlar 10-iyun kuni biologiya fanidan milliy sertifikat olish uchun test sinovida ishtirok etgan va ularning har biri 367 500 soʻmdan toʻlov qilishgan. Jami 908 827 500 soʻm. Bu summaning barchasi abituriyentlarga qaytarib beriladi.

Talabgorlarning to‘lovi quyidagi tartibda qaytariladi:

Dastlab talabgorning o‘zi murojaat etayotganligini tasdiqlash maqsadida talabgor tomonidan tq.dtm.uz saytiga pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) kiritilib, “Ariza to‘ldirish” tugmasi bosiladi.

Kiritilgan pasport ma’lumotlar 10-iyun kuni biologiya fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihonida ishtirok etgan talabgorga tegishli bo‘lsa, mazkur pasport ma’lumotlari biriktirilgan telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi va SMS xabardagi 5 xonali raqamni tizimni kiritish orqali talabgorning o‘zi murojaat etayotganligi tasdiqlanadi.

So‘ngra ariza to‘ldirish oynasiga:

to‘lov qaytarilishi kerak bo‘lgan plastik karta raqami;
plastik karta egasining familiyasi, ismi, otasining ismi;
plastik karta ochilgan bankning STIRi (INN si);
bank MFOsi;
bankning tranzit hisob raqami;
qo‘shimcha telefon raqami (zarur hollarda bog‘lanish uchun) kiritilib, “Ariza shakllantirish” tugmasi bosiladi.

Shundan so‘ng ariza shakllantiriladi va to‘lovni qaytarish bo‘yicha onlayn ariza berish jarayoni yakunlanadi.

Ariza qabul qilingandan so‘ng 15 kun ichida arizada keltirilgan karta raqamiga to‘lov to‘liq qaytariladi.

Agar talabgor ma’lumotlarni kiritishda xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, “Tahrirlash” funksiyasidan foydalangan holda kiritgan ma’lumotlarini o‘zgartirishi mumkin.

Bankning STIRi, MFOsi va tranzit hisob raqamini olish uchun bankka bog‘lanish mumkin bo‘lgan aloqa raqamlari va boshqa ma’lumotlarni ushbu havola orqali olish mumkin.

Shuningdek, banklarning aloqa raqamlari tq.dtm.uz saytida ham keltirilgan.

Batafsil
https://t.me/joinchat/V1AHHKmbD0ue-1HU
6.5K views09:55
Ochish/sharhlash
2021-08-18 12:13:51 Magistraturaga ikkinchi bosqich imtihonlari qachon bo'lib o'tishini qayerdan bilsam bo'ladi?

Barcha OTMlarda mutaxasislik fanidan imtihon jarayonlari yakunlaganidan so'ng imtihon natijalari 20-avgustga qadar Davlat test markazi bazasiga kiritiladi. magistr.edu.uz sayti shaxsiy kabinetida DTM ruxsatnomalari shakllana boshlaydi. Ushbu ruxsatnomalar asosida talabgorlar DTM tomonidan o'tkaziladigan chet tili imtihonlarida ishtirok etishlari mumkin boʻladi. Ruxsatnomada test toshiriladigan sana va manzil ko‘rsatilgan bo‘ladi.

Batafsil
https://t.me/joinchat/V1AHHKmbD0ue-1HU
6.3K views09:13
Ochish/sharhlash
2021-08-18 11:10:11
100% Grand asosida
Rossiya Federatsiyasida oliy ta'lim olishni xohlaysizmi?


Bunday imkoniyatni @russianschoool kompaniyasi taklif etiladi!

Dasturlar:
Magistratura | Bakalavriat | Ordinatura


Fakultetlar:
1. Xorijiy tillar
2. Informatika va kompyuter muhandisligi
3. San'at fakulteti
4. Tarixiy geografiya
5. Mashinasozlik
6. Meditsina
7. Amaliy matematika, fizika va axborot texnologiyalari
8. Elektronika va avtomatika
9. Rus filologiyasi va jurnalistikasi
10. Arxitektura
11. Boshqaruv va ijtimoiy texnologiyalari
12. Kimyoviy-farmatsevtika
13. Iqtisodiyot
14. Energetika va elektrotexnika
15. Yuridik fakulteti

Kerakli hujjatlar:
1. Pasport tarjimasi
2. Diplom tarjimasi
3. Attestat tarjimasi
4. Rasm 12 ta (3.5- 4.5)
5. 0,86-0,63 tibbiy maʼlumotnoma


Murojaat uchun:
+998997945111 | @Mukhiddinovich
+998900600099 | @russianschooladmin


Instagram | Telegram
7.2K views08:10
Ochish/sharhlash
2021-08-18 10:26:22 Toshkent davlat yuridik universitetining magistraturasiga kirish test sinovlari

2021-2022-o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universitetining magistraturasiga kirish test sinovlari 2021-yil 20-avgust kuni 19:00 da Toshkent shahridagi Botanika bog‘ida bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik fani va chet tili (ingliz, nemis, fransuz) dan o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 25 tadan jami 75 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 2 soat-u 30 daqiqa vaqt ajratiladi.

Chet tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajadagi milliy va xalqaro sertifikatga ega talabgorlar chet tili bo‘yicha imtihondan ozod qilinadi va ularga shu fan doirasida olish mumkin bo‘lgan maksimal ball beriladi. Ularga test sinovida 2 ta mutaxassislik fani uchun 1 soat-u 40 daqiqa vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 207,5 ball bo‘lib, mutaxassislik fanlari bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 155 ball), chet tili fani bo‘yicha esa 2,1 balldan (jami 52,5 ball) beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani 18-avgust kuni 15:00 dan boshlab Davlat test markazining magistr.dtm.uz saytidan olishlari mumkin bo‘ladi.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 18:30 dan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.

Batafsil
https://t.me/joinchat/V1AHHKmbD0ue-1HU
7.7K views07:26
Ochish/sharhlash
2021-08-18 09:10:13Abituriyent bu nomdan zerikkanlar diqqat qiling!

Sizni hursand qiladigan yanglik bor. Mandat natijalarini havotir bilan kutishdan charchaganlar uchun ham yaxshi habar bu. Chunki hech qanday imtixonsiz talaba bo’lish imkoniyatini taqdim qiluvchi “New Consulting” haqida gapiramiz!

Qirg’iziston va Qozog’istonning nufuzli oliygohlari sizni kutmoqda

Davolash ishi Pediatriya
Farmatsevtika Ses ishi
Stomatologiya

va 100 dan ortiq yo’nalishlar mavjud.

Biz bilan aloqa:

+998881704121 – Bosh ofis
+998881974121 — Bosh ofis
+998742259222 — Andijon
+998902577773 — Toshkent
+998982777275 — Toshkent
+998901424050 — Namangan
+998930500580 — Namangan
+998334560303 — Farg'ona
+998905282581 — Qo'qon
+998972754444 — Qoʻqon
+998886855515 — Nukus
+998907015515 — Nukus
+998932767171 — Buxoro
+998932737272 — Buxoro
+998992115125 — Navoiy
+998992405125 — Navoiy
+998338711112 — Qashqadaryo
+998908712730 — Qashqadaryo
+998901081010 — Surxondaryo
+998992383556 — Surxondaryo
+998990421130 — Xorazm
+998976008030 — Xorazm
+998990421130 — Xorazm
+998904657711 — Samarqand
+998993392722 — Denov

Onlayn ma’lumot 24/7
Konsultant 24/7

Joy band qilish uchun
Guvohnoma

[
Telegram] [Instagram]
8.3K views06:10
Ochish/sharhlash