Rasman: O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 16-avgust | Talim yangiliklari 🎓☑️
Rasman: O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 16-avgust kuni o‘tkaziladi
Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 16-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib:
-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar; -smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt beriladi.
Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.
Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin pasport(ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.
Oʻqituvchilar, talabalar va abituriyentlar uchun taʼlimga oid eng soʻngi yangiliklar barchasi @talim_yangiliklari kanalida!. “Ta’limga e’tibor – kelajakka poydevor”. Reklama. https://t.me...