#Qabul2022 #MatbuotAnjumani #Live 13 mingdan ziyod abituriy | Talim yangiliklari 🎓☑️
#Qabul2022 #MatbuotAnjumani #Live 13 mingdan ziyod abituriyent qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etildi
Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning:
176 mingdan ziyodi — umumiy qabul parametrlari doirasida; 13 mingdan ziyodi — imtiyozga ega abituriyentlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida tavsiya etilgan.
Jumladan:
nogironligi bo‘lgan shaxslar — 3,2 ming nafar; “Mehribonlik” uyi, Bolalar shaharchasi bitiruvchilari bo‘lgan hamda vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar — 272 nafar; muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar — 4,7 ming nafar; harbiy xizmatchilarning farzandlari — 1,9 ming nafar; Ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari — 739 nafar; ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar — 1,9 ming nafar; kamida 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar — 379 nafar.
Davlat test markazining rasmiy sahifalari: Batafsil malumot https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1H
Oʻqituvchilar, talabalar va abituriyentlar uchun taʼlimga oid eng soʻngi yangiliklar barchasi @talim_yangiliklari kanalida!. “Ta’limga e’tibor – kelajakka poydevor”. Reklama. https://t.me...