Get Mystery Box with random crypto!

​​ Oʼzbekistonda yangi oliy taʼlim muassasasi ochildi! Oʼzbe | Talim yangiliklari 🎓☑️

​​ Oʼzbekistonda yangi oliy taʼlim muassasasi ochildi!

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan 2021-yilning 12-oktyabrida berilgan № OT 0035 raqamli litsenziya bilan «ISFT Instituti» yangi xususiy oliy taʼlim muassasasi talabalar uchun oʼz eshiklarini ochadi. Mazkur muassasa Oʼzbekistonning ilgʼor, innovatsion oliy taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi.

ISFT institutida 2021-2022-oʼquv yili uchun quyidagi yoʼnalishlarda talabalarni bakalavr dasturlariga qabul qilish boshlandi:

Menejment va boshqaruv hisobi bakalavri;
• Xalqaro biznes va boshqaruv bakalavri;
• Аmaliy buxgalterlik hisobi va moliya bakalavri;

Taʼlim uch tilda uzbek rus ingliz tillarida olib boriladi.

2021-2022-oʼquv yili uchun ISFT instituti 300ta byudjet oʼrinlarini eʼlon qiladi.

Hujjatlarni topshirish uchun abiturientga institutga kelib, yoki https://admission.isft.uz sahifasi orqali onlayn roʼyxatdan oʼtish imkoniyati beriladi.

Batafsil maʼlumot uchun:

Onlayn murojaat: @ISFTAdmission
Call Centre: +99878-147-37-37
Rasmiy veb sayt: www.isft.uz
Telegram kanal: https://t.me/isftash
Instagram: instagram.com/isf.tash