Get Mystery Box with random crypto!

#Qabul2021 Tanlov ustuvorligini belgilash O‘zbekiston Respu | Talim yangiliklari 🎓☑️

#Qabul2021
Tanlov ustuvorligini belgilash

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarori bilan abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilash imkoniyati yaratildi.

Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:

Davlat grantini tanlasa - tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;

Davlat granti va to‘lov-kontraktni tanlasa - oldingi yillardagi kabi har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

Tanlov abituriyent tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi bo‘yicha u tanlagan ustuvorlik (“Davlat granti” yoki “Davlat granti va to‘lov-kontrakt”) asosida amalga oshiriladi.

Abituriyentlardan ustuvorlikni belgilashda e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz!

Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma:



Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil
https://t.me/joinchat/5fNQ8oyKtrM0M2Ey