Get Mystery Box with random crypto!

Hurmatli fuqarolar! Telegram ijtimoiy tarmog‘ida “Ijtimoiy hi | "Янгихаёт" МФЙ

Hurmatli fuqarolar!

Telegram
ijtimoiy tarmog‘ida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” nomli soxta bot orqali turli toʻlovlar va moddiy yordam ajratilganligi haqidagi yolgʻon ma’lumotlar tarqalmoqda.

Mazkur soxta botda mablag‘larni plastik kartangizga yuklab berish haqidagi yolg‘on xabar orqali sizning shaxsiy va bank kartangizga oid ma’lumotlaringizni qo‘lga kiritishi mumkin.

Hurmatli fuqarolar, Iltimos, yolg'on ma’lumotlarga ishonmang va shaxsiy ma’lumotlaringizni uchinchi shaxslarga bermang!

Pensiya va nafaqalarga oid rasmiy va ishonchli ma’lumotlarni va barcha yangiliklarni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining quyidagi ijtimoiy tarmoqlari orqali kuzatib borishingiz yoki 11-40 telefon raqamli “Call markazi”dan sizni qiziqtirgan barcha savollarga aniqlik kiritishingiz mumkinligini ma’lum qilamiz.

O‘ZB
КИРИЛЛ

11-40 pfru.uz

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube