Get Mystery Box with random crypto!

RASMIY MUNOSABAT Bugun telegram kanallaridan birida “Yangih | Yangihayot tumani hokimligi Matbuot xizmati/Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

RASMIY MUNOSABAT

Bugun telegram kanallaridan birida “Yangihayotliklar yoz chillasida qishdan xavotirda” nomli material e’lon qilindi.

Ushbu material yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamizki, bugungi kunda Yangihayot tumani hududida joylashgan Istiqbol nimstansiyasining elektr energiyasi LKD-110 (Donqo’rg’on) va LDY-110 (Donqo’rg’on-Yuksak) tarmog’i orqali ta’minlanmoqda. Kuni kecha tungi soat 23:53da LKD-110 (Donqo’rg’on) tarmog’ida yuklamalar ortganligi sababli Istiqbol nimstansiyasi soat 23:58gacha LDY-110 (Donqo’rg’on-Yuksak) tarmog’iga o’tkazilgan. Shu bois, aholi 5 daqiqaga elektr ta’minotidan uzilgan.

Shu bilan birga, tumanimizda joylashgan Istiqbol nimstansiyasiga boshqa tuman iste’molchilarining ulanish holati mavjud bo’lmay, nimstansiya bugungi kunda faqat Yangihayot tumani iste’molchilariga xizmat qilib kelmoqda.

Hozirda Istiqbol nimstansiyasidagi 40 ming kVt.lik transformatordagi joriy ta’mirlash ishlari yakunlanib, tarmoqqa qayta ulash ishlari olib borilmoqda. Bu esa o’z navbatida tumanimiz aholisini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site