Get Mystery Box with random crypto!

#Tumanimiz_faxri Marjona Karimova tumanimizdagi 300-umumta' | Yangihayot tumani hokimligi Matbuot xizmati/Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

#Tumanimiz_faxri

Marjona Karimova tumanimizdagi 300-umumta'lim maktabining 8-sinf o'quvchisi. U 6 yildan beri sportning o'zbek jang san'ati turi bilan shug'ullanib keladi.

Marjona sportchi o'rtoqlariga havas qilib, sportga qiziqqan va muntazam shug'ullanishni boshlagan. Hozirgi kunga qadar bir qator musobaqalarga qatnashgan. Xususan, 2007-2008-yil tug'ilgan yoshlar o'rtasida o'tkazilgan Toshkent shahar chempionatida va O'zbekiston chempionati musobaqasida 46 kg vazn toifasida 1-o'rinni egallagan. Xalqaro "Jang san'ati" assotsiatsiyasi tomonidan o'tkazilgan xalqaro turnirda 2-o'rinni qo'lga kiritgan.

Marjona 1-darajali qora belbog' sohibasi. Uning maqsadi — jahon chempioni bo'lish. Maqsadi sari dadil odimlayotgan Marjonaga niyatlar ijobatini tilaymiz!

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site