Get Mystery Box with random crypto!

Davlatimiz rahbarining 'Yoshlarga oid davlat siyosatini samara | Yangihayot tumani hokimligi Matbuot xizmati/Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Davlatimiz rahbarining "Yoshlarga oid davlat siyosatini samarali tashkil etish"ga qaratilgan vazifalar ijrosi yuzasidan tuman hokimiga biriktirilgan "Yangi Choshtepa" va "Oriyat" mahallasi yoshlarining muammolari hokim tomonidan o'rganildi.

"Yangi Choshtepa" mahallasidagi 4 nafar qizil toifaga kiritilgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan yoshlar moddiy yordam, davolanish xarajatlari uchun mablag' va kompyuter jamlanmasi so'rab murojaat qildi. Yoshlarning murojaatlarini hal etish bo'yicha yoshlar yetakchisiga vazifalar belgilandi.

"Oriyat" mahallasida yashovchi xuddi shu toifadagi 3 nafar yoshdan biri Javohir Yoqubov supermarketga ishga joylashtirildi. Sentabr oyida operatsiya qilinishi kerak bo'lgan yoshning davolanish xarajatlari qoplab berilishi bo'yicha murojaati qanoatlantirildi. Yana bir yoshga dori-darmon uchun moddiy yordam va oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site