Get Mystery Box with random crypto!

'Do'stlik' mahallasida Oila va xotin-qizlar qo'mitasi, Toshken | Yangihayot tumani hokimligi Matbuot xizmati/Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

"Do'stlik" mahallasida Oila va xotin-qizlar qo'mitasi, Toshkent shahar prokuraturasi, tuman prokuraturasi va tuman IIB tomonidan ajrim yoqasidagi oilalarni yarashtirish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

Qabulda yosh oilalar bilan muloqot jarayonida ular duch kelayotgan kelishmovchilik va tushunmovchiliklar o'rganildi va vaziyat muhokama qilindi. Shuningdek, tuman bosh imom xatibi, uning xotin-qizlar masalalari bo'yicha yordamchisi va tuman "Oqila ayollar" yetakchisi o'z maslahatlari va hayotiy tajribalari bilan o'rtoqlashdilar.

Natijada 2 ta oilaning ajrashish haqidagi qaroridan qaytarishga muvaffaq bo'lindi. Bu kabi qabullar kun davomida boshqa sektorlarda ham tashkil etildi.

***

В махалле «Дустлик» с целью примирения семей, находящихся на грани развода, состоялся выездной приём жителей при участии представителей Комитета семьи и женщин, прокуратуры г.Ташкента и района, ОВД района.

В ходе приёма изучены недопонимания и проблемы молодых семей, обсуждена ситуация. Своим жизненным опытом поделились имам-хатиб района, его помощница по вопросам  женщин, лидер районного движения «Окила аёллар».

В итоге, им удалось переубедить две семьи и сохранить священный союз. Такие приёмы состоялись и в других секторах района.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site