Get Mystery Box with random crypto!

Bugun tuman hokimligida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi | Yangihayot tumani hokimligi Matbuot xizmati/Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Bugun tuman hokimligida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati ishtirokida hokimlik mas’ullari, Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashi deputatlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda tumanda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish va ommalashtirish, aholi bandligini taʼminlash, mahallalar infratuzilmasini tubdan yaxshilash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan aholi oʻrtasida tushuntirish-targʻibot ishlarini hamda parlament nazoratini tashkil etish masalalari muhokama etildi.

Unda tuman hokimi bugungi kunda Yangihayot tumanida amalga oshirilayotgan ishlar, rejalar va ayrim muammoli masalalar bo’yicha ma’lumotlarni taqdim etdi, shundan so’ng senat a’zolari tomonidan ularni hal etish, yechim topish bo’yicha kerakli hujjatlarni taqdim etish taklifi berildi.

Shuningdek, senat a’zolari, deputatlar va mas’ullar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 408-sonli qarori ijrosi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko’zdan kechirish maqsadida, “Marhamat” mahallasidagi “Nuroniylar choyxonasi”, “Yangi umid” mahallasidagi zamonaviy sport sogʻlomlashtirish markazining qurilish ishlari bilan yaqindan tanishildi.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site