Get Mystery Box with random crypto!

18-aprel — Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish sohasi xodimlari | Yangihayot tumani hokimligi Matbuot xizmati/Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

18-aprel — Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish sohasi xodimlari kuni

Shunday kasb egalari borki, ularning ish vaqti chegaralanmagan. Ular faoliyati davomida "ish vaqtim tugadi" degan gap-so'zlarni aytishmaydi. Ular tun-u kun, qishin-yozin xizmatga shay. Shunday kasb egalari orasida kommunal soha xodimlari ham bor.

Bugun — ularning yil davomida qilgan beminnat mehnatlarini e'tirof etadigan kun. Anomal sovuq bo'ladimi, jazirama yoz bo'ladimi yuzaga kelgan nosozliklarni vaqtida bartaraf etish va xizmat vazifasini sidqidildan ado etish uchun ular belgilangan joyda hozir-u nozir bo'ladilar.

Mashaqqatli, ammo sharafli kasb egalari! Yangihayot tumani uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish sohasi xodimlari! Bayramingiz muborak bo'lsin! Siz nafaqat oilangiz uchun, jamiyatimiz uchun ham sog'-salomat bo'lishingiz kerak. Oilaviy xotirjamlik, ish faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz. Xalqning og'irini yengil qilishdan hech qachon charchamang!

***

18 апреля — День работников сферы жилищно-коммунального обслуживания

Есть представители профессий, рабочее время которых не ограничено. В годы деятельности от них не услышать слов “Моё рабочее время кончилось”. Они готовы к работе и днём и ночью, и зимой и летом. Представители коммунальной сферы входят в их число.

Сегодня день признания их самоотверженного труда. Будь то аномально холодная зима или жаркое лето, они всегда на месте, чтобы устранить неисправности и выполнить свою работу от всей души.

Представители сложной, но почётной профессии – работники сферы жилищно-коммунального хозяйства Янгихаётского района! С праздником Вас! Желаем, вам здоровья не только во благо вашей семьи, но и всего общества. Желаем мира и благополучия вашему дому и больших успехов в работе. Желаем вам много сил и стойкости в облегчении сложных ситуаций!

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site