Get Mystery Box with random crypto!

#YTH Yangiyo‘l shahrida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi | ЯНГИЙЎЛ (Жарроҳ)

#YTH

Yangiyo‘l shahrida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi to‘g‘risida ma’lumot

Joriy yilning 27-aprel kuni soat tahminan 17-30 larda Toshkent viloyati, Yangiyo‘l shahar Samarqand ko‘chasi Dehqon bozori qarshisida piyoda Namangan viloyatida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan R.R yo‘lning piyoda uchun belgilanmagan qismidan yugurib o‘tayotgan vaqtida, shu ko‘cha bo‘ylab harakatlanib kelayotgan haydovchi 1986 yilda tug‘ilgan A.X. boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomashinaning chap yon qismiga urilishi natijasida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Yo‘l transport hodisasi natijasida piyoda turli xil yengil tan jarohatlari olib, shahar tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Shifoxonadan olingan ma’lumotga asosan piyoda yo‘lni kesib o‘tayotgan vaqtida mast holda bo‘lgan.

Holat bo'yicha Yangiyo‘l shaxar IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

BIZGA QO'SHILING

Янгийўл ҳақида энг тезкор маълумотлар  канали
@YANGI_YOLL