Get Mystery Box with random crypto!

Raddiya Joriy yilning 13-aprel kuni soat 9:38 da telegram kan | ЯНГИЙЎЛ (Жарроҳ)

Raddiya

Joriy yilning 13-aprel kuni soat 9:38 da telegram kanali orqali qoldirilgan fuqaro murojaatiga Kadastr agentligining Yangiyoʻl tuman boʻlimi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Hurmatli telegram kanalining administratorlari, mazkur murojaatga raddiya yozayotgan davrimda (13:51) ushbu xabarni 7652 ta tarmoqdan foydalanuvchilar oʻqib boʻlgan edi.

Xususan, ushbu postdagi rasmda “kadastr” xodimi emas, tuman Qurilish boʻlimining “Arxitektori Ibroximjon”ning raqamlari aks ettirilgan boʻlsada, aynan kimga, qaysi soha vakiliga aniqlik kiritilmagan xolda aniq koʻrsatilmasdan OAVlarida chop etilishiga yoʻl qoʻyilgan.

Bunda, davlat idorasi boʻlgan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Yangiyoʻl tuman boʻlimi va Davlat kadastrlari palatasining Yangiyoʻl tuman filiali hamda ushbu idoralarda faoliyat yuritayotgan jamoa xodimlariga nisbatan hurmatsizlik, shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlash sifatida baholayman.

Sababi shunday vaj bilan har qanday tashkilotning nomini yomon otliq qilib qoʻyish, fuqarolarni haftalab sarson qilishda va telefonlarga javob berilmaslikda asossiz ayblash mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20-moddasida,  fuqarolar oʻz huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shartligi belgilangan.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida” Qonunining 6-moddasida, jismoniy shaxsning murojaatida jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar koʻrsatilgan boʻlishi; Jismoniy va yuridik shaxsning murojaatida davlat organining, tashkilotning aniq nomi, murojaat yuborilayotgan mansabdor shaxsning lavozimi va (yoki) familiyasi (ismi, otasining ismi) koʻrsatilgan, shuningdek murojaatning mohiyati bayon etilgan boʻlishi kerakligi belgilangan.

38-moddasida, "Murojaatlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik, xuddi shuningdek tuhmat va haqoratdan iborat murojaat berganlik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi" deb qayd etilgan.

Yuqoridagi qayd etilganlarga asosan “post”ga oʻzgartirish kiritish va qayta tahrirlanishini hamda rasman raddiyani e’lon qilinishini soʻrayman.

Kadastr agentligining
Yangiyoʻl tuman boʻlimi
A.Maxmudov.



BIZGA QO'SHILING

Янгийўл ҳақида энг тезкор маълумотлар  канали
@YANGI_YOLL