Get Mystery Box with random crypto!

Biz, Siz Azizlarni Navro‘z shodiyonalariga chorlaymiz Yangiyo | ЯНГИ-ЯНГИЙЎЛ (Жарроҳ)

Biz, Siz Azizlarni Navro‘z shodiyonalariga chorlaymiz

Yangiyo'l tumanida bu yilgi ayyom tantanalari har qachongidan ham o'zgacha, hayrat va taassurotlarga boy tomoshalarga to'la bo'lishi kutilmoqda.

Siz Azizlarni bugun soat 10:00 dan boshlab “Xalqobod” mahallasida joylashgan markaziy stadionda “Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!” nomli bosh g‘oya ostida o‘tkaziladigan Navro‘z sayliga taklif qilamiz.

Albatta, Siz sevgan, elimiz ardog'idagi mashhur san'atkorlar xizmatingizda bo'lishadi.

Xo‘sh, ko‘klam bayramining poytaxtdan keluvchi mehmonlari kimlar deysizmi? Bular ustazoda san’atkorlar — G‘iyos Boytoyev, Zulayxo Boyxonova, Abdulla Shomag'rupov, Xosiyat Xusanova, Alisher Ro'zmetov hamda Adxam Soliyevlardek mashhur san’at vakillaridir.

Dastlab, mahallalar oʻrtasida oʻtkazilayotgan "HOKIM KUBOGI" futbol musobaqasining final bosqichi soat 9:00 da boshlanib 10:30 ga qadar oʻtkaziladi.

KELING, KO'RING, ZAVQLANING!

Manzil: Lokatsiya