Get Mystery Box with random crypto!

Yangiyer shahar hokimligi

Telegram kanalining logotibi yan_pressa — Yangiyer shahar hokimligi Y
Telegram kanalining logotibi yan_pressa — Yangiyer shahar hokimligi
Kanal manzili: @yan_pressa
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.67K
Kanalning ta’rifi

Yangiyer shahar hokimligi axborot xizmati
Web-site: Yangiyershahar.uz
Facebook: fb.me/hokimlik
Instagram: instagram.com/hokimlik
Ishonch telefoni: (67) 350-31-16: 350-32-19

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-31 07:58:24
Yangi O'zbekistonda yangicha ko'rinish aks etayotga Yangiyer

Kanalga ulanish uchun;
https://t.me/yan_pressa

Yangiyer shahar hokimligining rasmiy sahifasi
Web-site | Telegram | Facebook | Instagram |
562 views04:58
Ochish/sharhlash
2022-08-31 07:58:09
Жойларда мустақиллик байрами тантаналари

В
илоятимиз туман ва шаҳарларида ҳар куни турли байрам тантаналари ўтказилмоқда. Жумладан бугунга қадар:

Ширин шаҳрида;
Сирдарё туманида;
Оқолтин туманида;
Ховос туманида;
Янгиер шаҳрида;
Боёвут туманида ташкил этилган тадбирлар байрам олди халқимизга ўзгача кайфият бағишлади.

Каналга уланиш учун; https://t.me/yan_pressa
543 views04:58
Ochish/sharhlash
2022-08-30 15:51:02
Жалолиддин Мангуберди ҳайкалининг очилиши маросимида бир қатор фуқаролар муносабат билдирди.

Каналга уланиш учун; https://t.me/yan_pressa
349 views12:51
Ochish/sharhlash
2022-08-30 15:49:11
#mustaqillikning_31_yilligi
#yangi_Oʻzbekistonda_el_aziz_inson_aziz
#tadbir

Yangiyer shahar axborot-kutubxona markazida O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yillik bayramiga bag'ishlab Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Yangiyer shahar bo'linmasi rahbari A.Abduqodirov, Din ishlari bo'yicha qo'mitaning Yangiyer shahri bosh mutaxassisi Sh.Eshonqulov hamda Yangiyer shahar MTBga qarashli "Qaldirg'och" nomli 5-sonli MTT bilan hamkorlikda "Yangi O'zbekistonda el aziz inson aziz" shiori ostida bayram tadbiri o'tkazildi. Bayram tadbirida MTT tarbiyalanuvchilari qardosh millat vakillarining sahna ko'rinishlaridan ijro etishdi. Tadbir so'nggida MTT ma'muriyati hamda tarbiyalanuvchilari Yangiyer shahar axborot-kutubxona markazining tashakkurnoma va faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi.

Kanalga ulanish uchun; https://t.me/yan_pressa

Yangiyer shahar hokimligining rasmiy sahifasi
Web-site | Telegram | Facebook | Instagram |
424 views12:49
Ochish/sharhlash
2022-08-30 14:15:45
Bugun yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning barchasi
“Inson qadri uchun” tamoyili asosida olib borilayotganligining isboti o‘laroq bugungi kunda nogironligi bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan, ota-onasidan mahrum bo‘lgan yoki boshqa turdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lganlarning xolidan xabar olishdek olib borilayotgan hayrli ishlarni misol keltirsak bo‘ladi, Jumladan bugun mustaqillik bayrami arfasida Yangiyer shahar hokimi vvb I.Nurmatov boshchiligida hokim o‘rinbosari J.Egamberdiyev, shahar Tibbiyot birlashmasi bosh shifokori A.O'rolov bilan birga shifoxonada og‘ir ahvolda davolanayogan bemorlar xolidan xabar olishdi. Bemorlarni mustaqilligimizning 31 yilligi bayrami bilan tabriklab, ularga sovg‘a-salomlar ulashdi. Bu kabi ezgu hayrli ishlar bemorlarga kuch-quvvat berib, ularning tezroq sog‘ayishiga xizmat qiladi deydi bosh shifokor A.O‘rolov.

Kanalga ulanish uchun; https://t.me/yan_pressa

Yangiyer shahar hokimligining rasmiy sahifasi
Web-site | Telegram | Facebook | Instagram |
530 views11:15
Ochish/sharhlash
2022-08-30 12:48:57
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi KQ-214-IV-sonli qaroriga muvofiq "Mahalla - besh tashabbus beshigi" ko'rik tanlovining viloyat bosqichida "Besh muhim tashabbus" ning Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular va oilalar o'rtasida kitobxonlikni targ'ib etish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etganlig uchun Yangiyer shahar "Navro'zobod" mahallasida istiqomat qiluvchi Mamatovlar xonadoni viloyatimizning "Ibratli xonadon"i nominatsiyasini qo'lga kiritdi. Shu munosabat bilan Yangiyer shahar hokimining xotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosari B.Beknazarova nominatsiya g'oliblariga "Ibratli xonadon" peshtoqini tantanali topshirdi. Viloyatimizning atoqli shoirlarida Muhammad Ismoil va Xasan Abduvoxidovlar ham Mamatovlar oilasida tashkil etilgan "Besh tashabbus" kutubxonasiga o'z hissalarini qo'shish maqsadida ularni tabriklab, o'zlarining ijod mahsuli bo'lgan she'riy to'plamlar kitoblaridan taqdim etdilar.

Kanalga ulanish uchun; https://t.me/yan_pressa
589 views09:48
Ochish/sharhlash
2022-08-30 12:35:13
Конституцион ислоҳотлар билан бир қаторда, халқ манфаатини кўзлаб янги қарор ва қонунлар ҳам қабул қилиняпти. Буни ҳис қилиш учун биринчи ўринда солиқ сиёсатидаги енгилликларни санаб ўтиш етарли. Масалан, ота-оналар хусусий мактабларга қилинган тўлов учун даромад солиғидан озод этилди. Ночор оилаларнинг иқтидорли фарзандлари хусусий боғча ва мактабларда текинга ўқиши мумкин, лекин имтиёзга ота-оналарнинг даромади сифатида солиқ солинарди. Бу имтиёз ҳам солиқдан озод қилиняпти.

Сўнгги пайтларда солиқ солишда халқни ўйлаб иш кўриляпти. Сабаби ҳукумат халққа солиқдан қанча енгиллик яратса, одамлар ғирром қилмасдан, солиқларни ўз вақтида тўлашини, бюджет тушумлари кўпайишини тушуниб етди.

Каналга уланиш учун; https://t.me/yan_pressa
395 views09:35
Ochish/sharhlash
2022-08-30 12:35:13
“Давлат иши ўйинчоқми сенга?”

Бу иборани ҳаётимиз давомида кўп эшитганмиз. Олдин ҳар бир давлат ташкилоти оддий одамлар уддалай олмайдиган қанақадир супер қобилиятларни талаб қиладигандек тасаввур уйғотарди. Эндиликда давлат хизматчиларининг фаолияти шаффофликка асосланади. Айниқса “Давлат хизмати тўғрисида”ги қонуннинг қабул қилиниши бу борадаги кўп ноаниқликларга барҳам беради.

Бу қонун, аввало, давлат органлари ва ташкилотларидаги 118 мингдан ортиқ давлат фуқаролик хизматчиларининг фаолияти билан боғлиқ барча муносабатларни ягона қоидалар асосида тартибга солади.

Барча учун бир хил бўлган қоидалар асосида давлат хизматига тайинлаш ва ундан бўшатиш турли раҳбарларнинг ўзбошимчалиги, таниш-билишчилик, маҳаллийчилик, коррупция каби иллатларга берилиб кетишидан сақлайди.

Давлат хизматчиларининг мол-мулки ва даромадлари устидан қатъий назорат ўрнатилади. Шу билан биргаликда уларнинг ҳуқуқлари ҳам ҳимояга олинади.

Каналга уланиш учун; https://t.me/yan_pressa
356 views09:35
Ochish/sharhlash
2022-08-30 12:15:18
#elon

30-noyabrdan 2-dekabrgacha Toshkentda “Ipak yo‘lida turizm” 2022 27-Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi (TXTY) bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, “Milliy PR markazi” davlat unitary korxonasi, The SAYS LOT MCHJ vakili SAYS ko‘rgazma kompaniyasi yarmarka tashkilotchilaridir. Yarmarka o‘tkaziladigan joy sifatida “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasi pavilyoni tanlandi.

Batafsil bu yerda

Kanalga ulanish uchun;
https://t.me/yan_pressa

Yangiyer shahar hokimligining rasmiy sahifasi
Web-site | Telegram | Facebook | Instagram |
403 views09:15
Ochish/sharhlash