Get Mystery Box with random crypto!

Maktablarda xalqaro tan olingan sertifikatga ega kadrlarga 50 | Yangiyer shahar hokimligi

Maktablarda xalqaro tan olingan sertifikatga ega kadrlarga 50 foiz ustama miqdorida ustama to‘lanadi;

Namunali maktablar reytingi shakllantiradi va e’lon qilib boriladi;

Yengil avtomobilda yo‘lovchi tashuvchilar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritiladi;

Xususiy sektorda ishlaydigan ayollarga ham homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lanadi;

Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarga ijtimoiy-moddiy yordam paketi beriladi;

Shifokorlarning yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritishiga ruxsat beriladi;

Chet tili fani o‘qituvchilarining attestatsiyasi jarayonida o‘quv fani bo‘yicha malaka sinovlarida to‘rtta kompetensiya baholanadi;

Tibbiyot tizimi rahbarlarining hududiy kengash hamda mahalla fuqarolar yig‘inida hisobot berish tartibi joriy qilinadi;

Sport maktablari trenerlarining bazaviy tarif stavkalari 1,35 barobarga oshiriladi;

Jurnalistlarning xorijiy tillarni o‘rganishi rag‘batlantiriladi;

Avtomaktablar reytingi yuritiladi.