Get Mystery Box with random crypto!

Joriy yilning 30 avgust kuni Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar | Yangiyer shahar hokimligi

Joriy yilning 30 avgust kuni Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar axborot-kutubxona markazida xalqimizning ozodligi va erkinligi, kelajak avlodlarning tinch va farovon hayotini taʼminlash yo‘lida mardona kurash olib borib aziz jonlarini fido qilgan, mustabid tuzum davrida qatag‘on qilingan ajdodlarimizni xotirlab, ularning merosini o‘rganish va targ‘ib etish maqsadida 31 avgust  ʼʼQatag‘on qurbonlarini yod etishʼʼ kuni munosabati bilan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Yangiyer shahar bo‘linmasi rahbari A.Abduqodirov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, jurnalist N.Do'smatova va shahrimizdagi MFY yoshlar yetakchilari hamda markazimizning faol yosh kitobxonlari bilan hamkorlikda "Siz doimo yodimizdasiz" shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida so‘zga chiqqanlar qatag‘on qurbonlarini yod etib, ularning bugungi mustaqilligimizga erishish uchun qilgan fidoyiliklari to‘g‘risida batafsil tushuncha berishdi.

https://t.me/yan_pressa