Get Mystery Box with random crypto!

SAHARDA SODIR ETILGAN OʻGʻRILIK Joriy yil 21-iyun kuni erta | Yakkabog'24

SAHARDA SODIR ETILGAN OʻGʻRILIK

Joriy yil 21-iyun kuni erta tongda uyqudan turgan Yakkabogʻ tumani “Yangiobod” MFYda yashovchi U.B. “Infinix” va “Realme” rusumli telefon apparatlari yashash uyida qoʻygan joyidan topolmadi. Va bu haqda darhol Yakkabogʻ tuman IIBga ariza berdi.

Yakkabogʻ tuman IIB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni tumanni “Choʻmich” MFYda yashovchi J.U. sodir etganligi aniqlanib, “Infinix” va “Realme” rusumli telefon apparatlari ashyoviy-dalil sifatida hujjatlashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan Yakkabogʻ tuman IIB huzuridagi TB tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.


Мурожаат учун @Kamilfaxrutdinov