Get Mystery Box with random crypto!

Bilasanmi, eng yomoni yaqinlaring dilingga ozor berishi emas. | Yagonam_san

Bilasanmi, eng yomoni yaqinlaring dilingga ozor berishi emas. Eng yomoni ozor beraverishganidan sening hissiz bo'lib qolishing. Senga ketma-ket zarbalar beraverishadi. Nohaq ayblayverishadi. Seni boshqalar bilan qiyoslayverishadi. Sen haqingda negativ fikrlar bildiraverishadi. Natijada sen ortiq ulardan yaxshi so'z kutmay qo'yasan. Rostan ham negativ tomonga o'zgarib ketasan. Endi senga farqi yo'q, ular nima deyishadi, qanday zarba berishadi. O'zingni hissiz va kuchli his qilasan. Ichingda esa bo'shliq. Mana, hammasi tamom. Umring yaqinlaringning bergan azoblaridan yara bo'lib ketgan ko'nglingni ovitish bilan o'tib ketadi.

#demirjanovna