Get Mystery Box with random crypto!

​​Men yolg'onchi emasman 'Qo'rqayapman' — deyman yig'lamsir | Muizza

​​Men yolg'onchi emasman

"Qo'rqayapman" — deyman yig'lamsirab, ishdan kech qaytayotgan begimga. Aslida, uch shoxli ajdardan ham qo'rqmayman-ku, lekin u kishining mehrini, "Hozir borayapman", "Qo'rqmagin" deb ovutishlari uchun o'zimni soyasidan ham qo'rqadigan quyonyurak qilib ko'rsataman.

Tashqari sovuq, atay yengil kiyinib chiqaman. Aynan ularning "Ustinga kiy" deb yomon qarashlari uchun ham shu ishni qilaman. Bu yomon qarashlar tagida cheksiz mehr yotibdi. Shuni his qilish uchun yupqa kiyinib olaman.

Og'ir ko'tarish mumkinmasligini sizdan yaxshi bilaman. Lekin o'g'ir ko'targanimda sizning men uchun qayg'urib, ko'tarishga yo'l qo'ymasligingiz uchun ham ko'taraveraman.

Ovqatni "urib olib", sizning oldingizda "Yo'q yemadim" deb mo'ltirab turishim, yengil kiyinishim, dorilarimni vaqtida ichmasligim, sochimni quritmasligim, qopqoqlarni ocholsam ham, atay "Ochib bering" deyishimning sababi bitta, mehringizni, men uchun qayg'urayotganingizni his qilish, buni yolg'onchilikka, o'ziga bee'tiborlikka yo'ymang.

Do'stlaringizga ham ulashing
T.me/ya_muizza