Get Mystery Box with random crypto!

Er-xotin orasida nizo chiqdi. Ayol yotoq chetiga oʻtirib yum-y | Muizza

Er-xotin orasida nizo chiqdi. Ayol yotoq chetiga oʻtirib yum-yum yigʻlardi. Shu vaqt eshik qoʻngʻirogʻi chalindi. Ayol eshikni ochib qarasa, uni koʻrgani ota-onasi kelibdi. Qizining yigʻidan qizargan koʻzlarini koʻrgan ota-ona tabiiyki, xavotirga tushdi.
— Tinchlikmi, qizim? Nega buncha yigʻlading?
Qizi mungli yuzini nim tabassumga aylatirib, shunday dedi:
— Aytsam ishonmaysizlar, sizlarni juda sogʻingandim, koʻrgim kelganidan ichim gumirib yigʻlab oʻtirgandim. Ne ajabki, eshik qoqib kelib oʻtribsizlar!

Bu gapni nargi xonadagi er eshitib turgandi. Xotinining matonati, oila sirini didiyo qilmaganidan unga hurmati oshdi, oʻz qilmishidan esa xijolat torti.

Oila hikmat, sabr-toqat va matonat bilan qoʻriqlanadi.

Do'stlaringizga ham ulashing
T.me/ya_muizza