Get Mystery Box with random crypto!

Ketma... Bir sòz aytmay ketma iltimos, Qalbim sòziga bir qulo | 𝐘𝐚 𝐚𝐥𝐡𝐚𝐲𝐚𝐭🫀

Ketma...

Bir sòz aytmay ketma iltimos,
Qalbim sòziga bir quloq solgin..!
Sòzing kònglimga issiq bir libos,
Mehring ila kònglimni olgin...

Ketma...

Indamasdan jim ketma faqat,
Ketmoq istagingni òzimga yetkaz..
Yarim kònglimda qoldirma nafrat
Armonimni kònglimdan ketkaz...

Ketma...

Dilimni hufton qilmagin aslo...
Yoki Adashganman sevishda gòyo..
Muhabbat ròlini òynabsan a'lo!
Ijroingga hatto lol qolar dunyo...

Ketma..
Haqqing yo'q..
Ahir òrtada bor edi ishonch ,
Barini unutib ketmoq osonmas!
Ketsang kòzlarda qolmaydi quvonch...
Ketib baxtga yetmoq osonmas...

Ketma...
Ketsang Aybimni yuzimga solib,
Hatoyimni jahonga jar solib ketgin...
Ketganing sababin bilmay armonda qolib,
Hasta bòldim, balki darmonim bòlgin...

@ya_alhayat