Get Mystery Box with random crypto!

'Yashil makon' washing kirib keldimi? Bugun hayotimizda eko, | Bunyod Abdullaev // kanal

"Yashil makon" washing kirib keldimi?

Bugun hayotimizda eko, bio, organik, green kabi so'zlarni ko'p eshitamiz yoki sog'liq uchun zararli bo'lgan mahsulotlar yorlig'ida ham o'qiymiz.

Eng qizig'i bugun dunyoda atrof-muhitga eng ko'p zarar berayotgan kompaniya brendlari "greenwashing" yani jamoatchik ko'zini shamg'alat qilib o'zlarini tabiat jonkuyarlaridek ko'rsatishib, aslida esa tabiatga bo'lgan shafqatsiz munosabatlarini davom ettirib kelishmoqda. Yuqorida 2022-yilgi top 10 ta geenwashing bilan shug'ullangan brendlar ro'yxati.

Yurtimizda baxorgi-kuzgi "Yashil makon" loyihasi arafasida ayrim tur ko'chatlarning narhi keskin oshib ketishi yoki ustyurt tabiiy iqlimiga umuman mos kelmaydigan Farg'ona vodiysi ko'chatlarining Xorazm viloyati va Qoraqalpog'iston respublikasida majburiy sotilishi "Yashil makon" washing bo'lmayaptimikan, degan shubhalarni oshiradi.

Oxiri bahayr bo'lsin. Yurtimiz yashil makonga aylanaversin!