Get Mystery Box with random crypto!

'Bugungi aqlim bo'lganida - kechagi xatoni qilmas edim. Kechag | XXI century

"Bugungi aqlim bo'lganida - kechagi xatoni qilmas edim. Kechagi xatoni qilmaganimda - bugungi aqlim bo'lmas edi."
"Xato qilishdan qo'rqib, bir ishga qo'l urmaslik - eng katta xatodir".

Xo'p! Xato qildingiz, yanglishdingiz, tanlovingiz noto'g'ri bo'ldi, bu degani - "bo'ldi hammasi barbod, barchasi tamom" - degani emasku?!
Xatoni qilib, tuyaqush kabi boshni qumga ko'mishdan foyda yo'q.
Hayot sizniki, hech kim kelib sizni qilgan xatoingizni tuzatmaydi.
Boshingizni mag'rur ko'taring!
Kimlar xato qilmagan?!
Shu birgina xato tufayli taslimlikni bo'yningizga olmoqchimisiz?!
Taslim bo'lishdan avval o'ylab ko'ringchi, taslim bo'lganingizdan so'ng sizga oson bo'ladimi? Hayotda shuncha yo'lni taslim bo'lish uchun bosib o'tdingizmi?
Aslo va yana aslo. Siz KUChLISIZ, siz barchasini uddalaysiz.
Hamma bo'layotgan ishlar yaxshilikka ishoning!
Kechagi qilgan xatoingiz - ertaga sizni foydangizga ishlaydi. O'zingizga ishoning. Allohdan aslo umidingizni uzmang. Hayot yo'lingizda shundek holatlar bo'ladi:

....faqat yolg'iz o'tib boradigan yo'llar,
....nuqta qo'yish kerak bo’lgan joylar,
....kechirishga majbur bo'ladigan holatlar,
....umuman ulardan voz kechib ketish kerak bo'lgan odamlar.

Qaerda qanday qaror qa'bul qilmoqlikni anglamoq kerak. Buning uchun hayot tajribasi kerak. Hayot tajribalarimiz "XATO"lar evaziga barpo bo'ladi. Hayotda o'limdan boshqa barcha narsani ilojisi, imkoni bor. Faqat to'xtamasdan intilmoq kerak, sabr, vaqt va tajriba kerak. Nima voqea hodisa ro'y bermasin, aslo ruhan tushkunlikka tushmang.

....jisman yiqilsangiz - sizga tez yordam qo'lini cho'zadilar.
....ruxan yiqilsangiz - sizni tepib o'tib ketadilar.
....O'ZINGIZNI ASLO RUXAN SINDIRMANG.!

....Nima voqea xodisa ro'y bermasin, o'ta kuchli SABR egasiga aylaning, tishni - tishga qo'ya biling. Yo'qotishlarga tayyor turing va ko'niking. Sizga noxaq qalb azobi va iztirobini torttirsalarda - tabassum qila biling. Aslo aslo ko'z yoshingizni hech kimga ko'rsatmang.

Qalbingiz yig'lasada - yuzingiz tabassum qilsin, o'zingizni qo'lga oling..
Siz eng kuchli insonsiz